TimPlay

TimPlay maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 15-noyabr

Tarjimalar farq qilsa, inglizcha matn ustun.

Ushbu siyosat Mac uchun TimPlay ilovasi va ushbu sayt qanday ma'lumotlar bilan ishlashini tushuntiradi.

TimPlay'ni "TIMUS" MChJ («TIMUS», «biz») yaratgan:

  • manzil: 100114, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yurtobod MFY, 19-mavze, 16-uy, 92-xonadon;
  • aloqa: info@timus.uz.

TimPlay ikki yo'l bilan sotiladi:

  • Mac App Store'da;
  • timus.uz saytidan to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish orqali.

Ular farq qiladigan joylarda bu alohida aytilgan.

Qisqacha

  • TimPlay'da reklama, analitika va kuzatuv yo'q. Akkaunt kerak emas.
  • Videolaringiz, fayl nomlari va ko'rish tarixingiz Mac'ingizda qoladi.
  • Ma'lumot Mac'dan faqat shunga ehtiyoj bor funksiyadan foydalanganingizda chiqadi: bizga report yuborish, onlayn subtitr qidirish, xarid qilish yoki yangilanishni tekshirish (to'g'ridan-to'g'ri versiya).
  • Ma'lumotlaringizni hech qachon sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.

Faqat Mac'ingizda saqlanadigan ma'lumotlar

  • Sozlamalar, so'nggi fayllar, ijro holati va pleylistlar. Mac'ingizdagi ilova sozlamalarida saqlanadi.
    • Mac App Store versiyasi siz ochgan fayllarga ruxsatni macOS xavfsiz xatcho'plari (security-scoped bookmarks) orqali eslab qoladi, shuning uchun ularni keyin qayta ocha oladi.
  • Sinov muddati va litsenziya.
    • To'g'ridan-to'g'ri versiyada litsenziya kaliti va sinov yozuvi macOS Keychain'da saqlanadi. Litsenziya internetsiz tekshiriladi.
    • Mac App Store versiyasida xaridlar va bepul sinovni Apple boshqaradi.
  • Diagnostika loglari.
    • Mac'ingizdagi TimPlay log papkasiga yoziladi. Ularda fayl nomlari va ijro haqidagi texnik tafsilotlar bo'lishi mumkin.
    • Ular hech qachon avtomatik ravishda Mac'dan chiqmaydi.
    • Help → Export Logs fayl va papka nomlari yashirilgan arxiv yaratadi. Uni kimgadir yuborish-yubormaslikni o'zingiz hal qilasiz.
  • Skrinshotlar siz tanlagan papkaga saqlanadi.

Bu ma'lumotlarning hech biriga bizning kirishimiz yo'q.

Mac'dan chiqadigan ma'lumotlar

1. Bizga yuboradigan reportlaringiz (Help → Report a Problem). Report serverimizga (api.timus.uz) boradi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • xabaringiz;
  • «Loglarni qo'shish» belgilansa, diagnostika logining oxirgi qatorlari (fayl va papka nomlari yashirilgan);
  • texnik ma'lumotlar: TimPlay versiyasi va build raqami, macOS versiyasi, Mac modeli va tizim tili;
  • tasodifiy o'rnatish identifikatori.

O'rnatish identifikatori:

  • TimPlay tomonidan yaratiladi;
  • ismingiz, Apple akkauntingiz yoki emailingiz bilan bog'lanmagan;
  • bir nechta report bitta o'rnatishdan kelganini ko'rishga imkon beradi.

Reportlardan faqat sizga javob berish va xatolarni tuzatish uchun foydalanamiz. Ularni ko'pi bilan 12 oy saqlaymiz, keyin o'chiramiz. Yuborish soatiga bir nechta report bilan cheklangan.

2. Onlayn subtitrlar (OpenSubtitles.com), faqat subtitr qidirganingizda. TimPlay OpenSubtitles'ga quyidagilarni yuboradi:

  • video faylning izi (hash) va hajmi;
  • fayl nomidan olingan sarlavha;
  • siz tanlagan tillar.

OpenSubtitles'ga kirsangiz:

  • loginingiz OpenSubtitles'ga yuboriladi;
  • sessiya tokeni Keychain'da saqlanadi.

Bu so'rovlarga OpenSubtitles'ning maxfiylik siyosati qo'llaniladi.

3. Yangilanishlarni tekshirish (faqat to'g'ridan-to'g'ri versiya, Sparkle).

  • Qachon: kuniga bir marta va «Check for Updates…» tanlanganda.
  • Nima bo'ladi: TimPlay timus.uz'dan yangilanishlar ro'yxatini yuklab oladi.
  • So'rovda nima bor: standart so'rov ma'lumotlari, masalan, IP manzil, ilova va macOS versiyalari.
  • Avtomatik tekshiruvni o'chirib qo'yish mumkin.
  • Mac App Store versiyasini App Store yangilaydi, u yangilanish uchun bizga murojaat qilmaydi.

4. AirPlay va tarmoq papkalari.

  • TimPlay faqat siz tanlagan, tarmog'ingizdagi qurilma va serverlarga ulanadi.
  • Tarmoq papkalari parollari bilan macOS ishlaydi.
  • Tarmoq papkalari faqat to'g'ridan-to'g'ri versiyada mavjud.

TimPlay boshqa hech qanday tarmoq ulanishini amalga oshirmaydi.

Xaridlar

  • Mac App Store. Xaridlar va 3 kunlik bepul sinovni Apple o'z maxfiylik siyosati asosida amalga oshiradi.
    • Biz ismingiz, emailingiz yoki to'lov ma'lumotlaringizni olmaymiz.
    • Faqat Apple dasturchilarga beradigan anonim sotuv va sinov hisobotlarini olamiz.
  • To'g'ridan-to'g'ri yuklab olish. Xaridlarni bizning sotuvchimiz va Merchant of Record — Paddle (Paddle.com Market Ltd) o'z maxfiylik siyosati asosida amalga oshiradi.
    • Paddle to'lov, soliq va firibgarlikning oldini olish uchun zarur ma'lumotlarni to'playdi, masalan, ism, email, mamlakat va to'lov ma'lumotlari.
    • Biz litsenziyani yetkazib berish va yordam ko'rsatish uchun emailingiz va buyurtma tafsilotlarini olamiz.

Ushbu sayt

Sayt cookie, analitika va uchinchi tomon skriptlaridan foydalanmaydi. Xosting provayderimiz xavfsizlik va barqarorlik uchun standart server loglarini (masalan, IP manzil, so'ralgan sahifa) saqlashi mumkin.

Asos va uchinchi tomonlarga berish

Ma'lumotlarni faqat yuqorida yozilganidek qayta ishlaymiz:

  • siz foydalanadigan funksiyalarni ishlatish uchun;
  • so'rovlaringizga javob berish uchun;
  • qonun talablarini bajarish uchun, masalan, to'g'ridan-to'g'ri sotuvlar bo'yicha soliq hujjatlari.

Shaxsiy ma'lumotlarni sotmaymiz. Ularni faqat shu siyosatda nomi aytilgan xizmatlarga yoki qonun talab qilganda beramiz.

Bolalar

TimPlay barcha yoshdagilar uchun mo'ljallangan. Ilovaning o'zi shaxsiy ma'lumot to'plamaydi, va biz bolalardan bila turib shaxsiy ma'lumot to'plamaymiz. Agar bola reportda shaxsiy ma'lumot yuborgan deb hisoblasangiz, bizga yozing, biz uni o'chiramiz.

Huquqlaringiz

info@timus.uz ga yozib:

  • biz siz haqingizda qanday ma'lumot saqlashimizni so'rashingiz mumkin (odatda faqat reportlar, xarid va yordam xatlari);
  • uni tuzatish yoki o'chirishni talab qilishingiz mumkin.

30 kun ichida javob beramiz.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifani va yuqoridagi sanani yangilaymiz. Muhim o'zgarishlar ilovaning reliz izohlarida ham ko'rsatiladi.